Maxfiylik va xavfsizlik siyosati
Qanday ma’lumotlar yig‘iladi, ular nima uchun kerak va qanday himoyalanadi.
Oxirgi tahrir: 02.09.2026
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu siyosat Nasiba Pulatova Jamshid qizi tomonidan bandio.site xizmatida shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash tartibini belgilaydi.
1.2. Xizmatdan foydalanish ushbu siyosat bilan tanishganlikni va ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilikni bildiradi.
1.3. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonuni talablariga muvofiq qayta ishlanadi.
2. Qanday ma’lumotlar yig‘iladi
2.1. Tashkilot egasi va mutaxassislar haqida
- ism va familiya;
- telefon raqami;
- elektron pochta manzili (Google orqali kirganda);
- Telegram hisobi identifikatori (Telegram orqali kirganda);
- profil rasmi, agar yuklangan bo‘lsa;
- tashkilot ma’lumotlari: nomi, manzili, ish vaqti, xizmatlar va narxlar.
2.2. Tashkilot mijozlari haqida
- ism;
- telefon raqami;
- yozuvlar tarixi: sana, vaqt, xizmat, mutaxassis;
- tashriflar soni va kelmagan holatlar soni;
- mijoz yozuv qoldirganda — uning izohi.
Bu ma’lumotlarni xizmatga tashkilotning o‘zi kiritadi yoki mijoz band qilish sahifasida qoldiradi. Ularga nisbatan tashkilot ma’lumotlar egasi, band.io esa qayta ishlovchi hisoblanadi.
2.3. Texnik ma’lumotlar
- seansni saqlash uchun cookie fayllari;
- ko‘rinish sozlamasi (yorug‘ yoki tungi mavzu);
- yuborilgan bildirishnomalar jurnali — bir xabarni ikki marta yubormaslik uchun;
- tizimdagi muhim o‘zgarishlar jurnali.
2.4. Reklama samaradorligini o‘lchash (Meta Pixel)
band.io o‘z reklamasi qanday ishlayotganini bilish uchun Meta Platforms Ireland Limited kompaniyasining «Meta Pixel» skriptidan foydalanadi. Skript butun xizmatda emas, faqat quyidagi sahifalarda ishga tushadi:
- bosh sahifa va huquqiy hujjatlar sahifalari;
- ro‘yxatdan o‘tish va tashkilotni sozlash sahifalari;
- xizmatning namunaviy sahifasi —
/lola-nails.
Bunda Metaga sahifa manzili, brauzer turi, IP manzil va shu brauzerga berilgan cookie identifikatori uzatiladi. Ism, telefon raqami, elektron pochta va yozuvlar tarixi uzatilmaydi. Ushbu ma’lumotlar O‘zbekiston hududidan tashqarida qayta ishlanadi.
Tashkilotlarning ommaviy sahifalarida va band qilish sahifasida bu skript ishlamaydi. Ya’ni tashkilot mijozi yozuvga band qilganda uning tashrifi haqida Metaga hech narsa yuborilmaydi. Bu cheklov va’daga emas, xizmatning tuzilishiga asoslangan: skript faqat yuqorida sanab o‘tilgan sahifalarda yuklanadi, Telegram ilovasi (Mini App) ichida esa umuman yuklanmaydi.
Yig‘ilgan ma’lumotlar faqat reklama samaradorligini o‘lchash uchun ishlatiladi; ular asosida foydalanuvchi haqida avtomatik qaror qabul qilinmaydi.
3. Ma’lumotlar nima uchun kerak
- xizmatga kirish va hisobni tanish uchun;
- yozuvlarni yaratish, tasdiqlash va bekor qilish uchun;
- tashrif haqida eslatma yuborish uchun;
- tashkilotga statistika ko‘rsatish uchun;
- obuna va to‘lovlarni yuritish uchun;
- texnik yordam ko‘rsatish uchun.
4. Ma’lumotlar kimga oshkor qilinadi
4.1. Ma’lumotlar sotilmaydi. Reklama maqsadida faqat 2.4-bandda tavsiflangan texnik ma’lumotlar uzatiladi — tashkilotlar va ularning mijozlari haqidagi ma’lumotlar hech qachon.
4.2. Ma’lumotlar quyidagi hollardagina uzatiladi:
- To‘lov tizimiga — obuna to‘lovini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hajmda. To‘lov kartasi ma’lumotlari band.io serverlariga tushmaydi va saqlanmaydi.
- Telegramga — bildirishnoma yuborish uchun, foydalanuvchining o‘zi botni ulagan bo‘lsa.
- Meta Platforms Ireland Limited — 2.4-bandda ko‘rsatilgan sahifalarda reklama samaradorligini o‘lchash uchun, faqat o‘sha bandda sanab o‘tilgan texnik ma’lumotlar hajmida.
- Vakolatli davlat organlariga — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda.
4.3. Tashkilot ichida ma’lumotlar cheklangan: mutaxassis faqat o‘ziga biriktirilgan yozuvlar va mijozlarni ko‘radi.
5. Xavfsizlik choralari
- xizmatga barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi;
- seans ma’lumotlari imzolangan va shifrlangan cookie’da saqlanadi;
- parol saqlanmaydi — kirish Google yoki Telegram orqali amalga oshiriladi;
- ma’lumotlar bazasiga tashqi tarmoqdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish yopiq;
- ma’lumotlar bazasining zaxira nusxalari muntazam olinadi;
- har bir so‘rovda foydalanuvchining huquqi server tomonida tekshiriladi.
Shunga qaramay, internet orqali uzatishning mutlaq xavfsizligini hech bir xizmat kafolatlay olmaydi.
6. Saqlash muddati
6.1. Ma’lumotlar tashkilot xizmatdan foydalanayotgan davr mobaynida saqlanadi.
6.2. Obuna tugagach tashkilot 7 kun faqat o‘qish rejimida ishlaydi, so‘ng ommaviy sahifasi o‘chiriladi. Ma’lumotlarning o‘zi saqlanib qoladi — to‘lov qilingach xizmat oldingi holatida davom etadi.
6.3. Hisobni butunlay o‘chirish so‘ralganda ma’lumotlar 30 kun ichida o‘chiriladi. Buxgalteriya hujjatlari qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi.
7. Foydalanuvchi huquqlari
Har bir foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
- o‘zi haqidagi ma’lumotlarni bilish va nusxasini olish;
- noto‘g‘ri ma’lumotni tuzatishni talab qilish;
- ma’lumotlarini o‘chirishni so‘rash;
- berilgan rozilikni qaytarib olish;
- bildirishnomalardan voz kechish;
- reklama kuzatuvidan voz kechish — brauzer sozlamalari, cookie’ni bloklovchi kengaytmalar yoki Meta hisobidagi reklama sozlamalari orqali.
Tashkilot mijozi o‘z ma’lumotlari bo‘yicha avvalo o‘zi yozilgan tashkilotga murojaat qiladi: aynan o‘sha tashkilot bu ma’lumotlarning egasi hisoblanadi.
8. Cookie fayllari
8.1. Xizmat faqat ishlashi uchun zarur cookie’lardan foydalanadi:
- seansni saqlash — tizimdan chiqib ketmaslik uchun;
- ko‘rinish sozlamasi — tanlangan mavzuni eslab qolish uchun;
- kirish jarayonining vaqtinchalik fayllari — Google yoki Telegram orqali kirganda sizni kirishdan oldingi sahifaga qaytarish uchun; kirish tugagach o‘chiriladi.
8.2. 2.4-bandda sanab o‘tilgan sahifalarda Meta Pixel o‘z cookie faylini (_fbp) o‘rnatadi — bu reklama cookie’si. Tashkilotlarning sahifalarida va band qilish sahifasida u o‘rnatilmaydi.
8.3. Cookie’larni brauzer sozlamalari orqali cheklash mumkin. Seansni saqlovchi cookie o‘chirilsa, xizmatga kirib bo‘lmaydi; reklama cookie’si bloklansa, xizmat odatdagidek ishlayveradi.
9. Siyosatga o‘zgartirishlar
Ushbu siyosat yangilanishi mumkin. Amaldagi tahrir shu sahifada turadi, sanasi yuqorida ko‘rsatiladi. Muhim o‘zgarishlar haqida xizmat orqali xabar beriladi.
10. Bog‘lanish
Ma’lumotlar bo‘yicha murojaatlar: [email protected], +998998206666.
Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 9-mavze, 5a uy, 66-xonadon.